Jamiyat | 13:40 / 15.02.2017
36419
1 daqiqa o‘qiladi

Temir yo‘l xodimlarining noodatiy to‘yi mashhur bo‘lib ketdi (foto)

Xitoy janubi-sharqidagi Tszyansi viloyatida 14-fevral kuni temir yo‘l kompaniyasining ikki xodimi oila qurayotgani tufayli maxsus bayram tadbiri o‘tkazildi. Chjen Xuan va Chen Den to‘y haqidagi guvohnomani avgust oyida olgan bo‘lsalar-da, biroq har ikkisi ham ishga shu qadar sho‘ng‘ib ketishganki, uni nishonlashni ma'lum vaqt ortga surishga majbur bo‘lishdi.

Juftlikni hamkasblari tabriklashdi, shundan so‘ng yoshlar o‘zlari uchun oddiy bo‘lgan vaziyat – relslar hamda vagonlar yonida fotosessiya uyushtirishdi. Yoshlarning jurnalistlarga alohida ta'kidlashicha, ular bu ishlaridan juda ham faxrlanishadi.

Kunning ikkinchi yarmida esa juftlik yana ishga qaytgan.

Mavzuga oid