Sport | 02:51 / 16.02.2017
27746
1 daqiqa o‘qiladi

Video: «Barselona» muxlislari aybdorni topishdi va unga haqorat yog‘dirishdi

AS nashrining xabar berishicha, «Barselona» yarim himoyachisi Andre Gomesh Chempionlar ligasining nimchorak finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin tanqidga uchragan.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi fanatlari ushbu futbolchini mashg‘ulot bazasidan chiqishda kutib turishgan. Ular futbolchini ko‘rishlari bilanoq «Ahmoq, ahmoq!» deya baqirishgan.

23 yoshli bu futbolchi o‘tgan yilning yozida «Valensiya» tarkibidan kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgandi. U shu vaqtgacha jamoa bilan turli turnirlar doirasida 30 uchrashuv o‘tkazdi va 2 golga pas berdi.

Mavzuga oid