Jahon | 10:25 / 17.02.2017
8622
1 daqiqa o‘qiladi

Mozambikka kuchli tropik bo‘ron yopirildi, 7 kishi halok bo‘ldi va 20 ming uy vayronaga aylandi

Mozambikning sharqiy qirg‘oqlariga chorshanba kuni “Dineo” tropik bo‘roni yopirildi. Buning oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat markazi.

To‘fon mamlakat poytaxti Maputu shahridan 500 kilometr shimolda joylashgan Inyambane viloyatida istiqomat qiluvchi taxminan 130 ming kishining hayotiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan, deb xabar berdi Reyter agentligi. Qariyb 20 ming uy tinimsiz yomg‘ir va kuchli shamol tufayli vayron bo‘lgan.

Hukumatning xabar berishicha, JAR bilan chegaradosh bo‘lgan Gaza viloyatidagi vaziyat bir qadar yaxshiroq. Biroq bu tumanda suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi bor, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid