Jahon | 00:31 / 17.02.2017
12782
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Obama o‘zidan keyin barcha jabhalarda tartibsizlik qoldirganini aytdi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamadan ham mamlakat ichida, ham xalqaro maydonda tartibsizlikni "meros qilib olganini" aytdi. 

"Sizga ma'lum bo‘lgandek, ma'muriyatimiz ham hukumat, ham iqtisodiyotda ko‘plab muammolarni meros qilib olgan, rostini aytganda, men tartibsizlikni meros qilib oldim!", deb aytgan Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda.

"Uyda ham, xorijda ham tartibsizlik: ish o‘rinlari mamlakatdan chiqib ketmoqda, past ish haqi, qayerga qaramang tartibsizlik va xorijda beqarorlik, biroq biz buning barchasini iziga tushiramiz", deb aytgan Tramp.  

Mavzuga oid