TTeSIda giyohvand moddalari iste'mol qilinishini oldini olishga qaratilgan profilaktik o‘tkazildi
Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish fuqarolik jamiyatining dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda. Shu boisdan ular orasida tushuntirish va nazorat ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida institutda qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan 17 fevral kuni institut Madaniyat saroyida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda mutassadi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, talabalarining huquqiy bilimlarini oshirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishi, giyohvand moddalar iste'mol qilinishini oldini olish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda institut rektori S.Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi, Toshkent shahar norkologiya dispanseri, Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmalarining mas'ul xodimlari institut professor-o‘qituvchilari va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir jarayonida professor-o‘qituvchilar va talabalar mavzuga oid savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli ma'lumotlar olshdi.
Tadbir so‘ngida talabalarga “Giyohvandlik va uning zararli oqibatlarini oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.
Mavzuga oid
21:37 / 21.08.2024
AQSh Haiti sobiq prezidentini giyohvand moddalar savdosida ayblab, unga sanksiyalar qo‘lladi
08:45 / 07.08.2024
Qishloq xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi
11:27 / 27.07.2024
1 avgustdan Raqamli kriminalistika institutiga bir qator huquqlar beriladi
08:26 / 10.07.2024