Jahon | 19:34 / 17.02.2017
24922
2 daqiqa o‘qiladi

Zelandiya - sakkizinchi qit'ami?

Yangi Zelandiya, Avstraliya va Yangi Kaledoniya geologlari Tinch okeanining janubiy-g‘arbiy qismida suv ostida Yerning sakkizinchi qit'asi – Zelandiya joylashgan degan xulosaga kelishdi. Bu haqda Nature News nashri xabar bermoqda

Yangi qit'aning maydoni 5 mln kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Uning katta qismi – taxminan 94 foizi suv ostida joylashgan, yer usti qismi orasida Yangi Kaledoniya va Yangi Zelandiyaning Janubiy va Shimoliy orollari bor.  

Olimlarning baholashicha, yangi qit'a qadimiy Gondvana superqit'asidan 100 mln yil avval ajrala boshlagan. Bu yer qobig‘ining deformatsiyasiga olib kelgan, natijada qit'aning katta qismi suv ostida qolgan. Geologlar o‘z xulosalarini sun'iy yo‘ldoshdan olingan kuzatuvlar, jumladan gravimetriya bilan tasdiqlashmoqda. Gravimetriyaga ko‘ra, Zelandiya o‘rnida okean qobig‘i yoki vulqon jinslari emas, balki materik qobig‘i joylashgan.  

Olimlar shu sababli yangi qit'ani ham geografik qit'alar qatoriga kiritib, ular sonini 7 tadan (Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Antarktida, Shimoliy va Janubiy Amerika) 8 tagacha oshirishni taklif qilishmoqda. 

Zelandiya kosmosdan shunday ko‘rinadi

Geologlar Tinch okeani qa'rida yangi qit'a topishdi

Mavzuga oid