Sport | 08:31 / 19.02.2017
20893
2 daqiqa o‘qiladi

Yemelyanenkoning jangi qoldirildi

Foto:  LUCAS NOONAN/BELLATOR MMA

AQShda 19 fevralga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Bellator 172 musobaqasining rossiyalik Fyodor Yemelyanenko va amerikalik Mett Mitrion o‘rtasidagi bosh jangi amerikalikning betobligi sababli bo‘lib o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Bellator rahbari Skott Koker tvitterda ma'lum qildi.     

Amerikalik buyragida toshlar bo‘lishi mumkinligiga gumon bilan shifoxonaga tushib qoldi va shu sababli jang bekor qilindi. 

Musobaqaning bosh jangi Patrik Freyre va Josh Tomson o‘rtasidagi jang bilan almashtirildi.

Keyinroq ma'lum qilinishicha, qoldirilgan jang bir necha oy keyinga suriladigan bo‘lgan.

“Bir necha daqiqa avval Bellator jangni rasman bekor qildi, raqibim kasalxonaga tushib qoldi. Juda katta ish qilingandi, men bu jangga jiddiy tayyorgarchilik ko‘rgandim, biroq afsuski, jang bugun o‘tmaydi. Mettga tezda sog‘ayib ketishini tilayman. Bizning jang Mitrion tiklanib olishi uchun bir necha oy keyinga suriladi”, deb yozgan rossiyalik sportchi.  

“Bu jangga tayyorgarchilik ko‘rishimda yordam bergan, menga muxlislik qilgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Barchasi uchun Tangriga beadad shukr”, deb qo‘shimcha qilgan Fyodor. 

Fyodorning bu jangi uning katta sportga qaytishidan keyingi 3-jangi bo‘lishi kerak edi.

Mavzuga oid