Jahon | 21:44 / 19.02.2017
5725
1 daqiqa o‘qiladi
Italiyaning sobiq bosh vaziri yetakchi partiya kotibi lavozimidan iste'foga chiqdi
Italiyaning sobiq bosh vaziri Matteo Rentsi Italiyaning yetakchi Demokratik partiyasi kotibi lavozimidan iste'foga chiqdi. U bu qarori haqida partiyaning milliy assambleyasida ma'lum qildi. Bu yig‘ilish Rimda 19 fevralda o‘tdi.
Rentsi partiya ichidagi muxolifat bosimi ostida o‘z lavozimidan ketdi.
Partiya nizomiga ko‘ra, partiya kotibi iste'foga ketadigan bo‘lsa, assambleya yangi yetakchisini 19 fevraldayoq saylashi mumkin, aks holda partiyaning navbatdan tashqari umummilliy qurultoyi chaqirtiriladi.
Mavzuga oid
23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
11:20 / 09.09.2024