Sport | 07:00 / 20.02.2017
14213
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya kubogi 1/4 final. «Chelsi» - «Manchester Yunayted» va boshqa juftliklar

Angliya  kubogining 1/4 finali uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, chorak finalda amaldagi kubok sohibi «Manchester Yunayted» APLda peshqadamlik qilayotgan «Chelsi» mehmoni bo‘ladigan bo‘ldi.

Shuningdek chorak final qur'asi yana bir tarixiy voqeaga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan juftlikni yuzaga keltirdi.

Gap shundaki, dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Satton» va «Arsenal» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda «Satton» g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Angliya kubogi tarixida ilk marta havaskorlar ligasi jamoasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi. Sababi qur'a dushanba kungi juftlik g‘olibiga «Linkoln»ni ro‘baro‘ qildi.

Angliya kubogi, 1/4 final

Chelsi – Manchester Yunayted

Midlsbro – Haddersfild/Manchester Siti g‘olibi bilan

Tottenhem – Milluol

Satton Yunayted/Arsenal – Linkoln Siti

O‘yinlar uchun to‘rt muddat 10-13 mart kunlari ajratilgan. Aniq sanalar bo‘yicha FA keyinroq ma'lumot berib o‘tadi.

Mavzuga oid