Vetnamlik darvozabon hakamning qaroriga norozilik belgisi sifatida penaltini qaytarishdan bosh tortdi
Vetnam chempionatida «Dongtam Longan» – «Hoshimin» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida mojaro yuzaga keldi. O‘yinning 90-daqiqasiga kelib tabloda 2:2 hisobi porlab turganda, shu daqiqada esa hakam mezbon jamoa darvozasiga shubhali penalti belgiladi.
«Dongtama» futbolchilari unga e'tirozlarini bildirib, uzoq vaqt munozara qilishdi. Jamoa darvozaboni Nguyen Minyut norozilik belgisi sifatida 11-metrli jarima zarbasi ijro etilayotgan vaqtda darvoza chizig‘ida teskari turib oldi. U o‘yinning qolgan vaqtida ham darvozani qo‘riqlashni istamadi. Bu vaqtda jamoaning boshqa futbolchilari ham maydonda qaqqayib turishgan va raqibga qarshilik ko‘rsatmagan.
Uchrashuv «Hoshimin»ning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
2002 yilning oktabrida Madagaskarning «L’Emirn» klubi «Adema»ga qarshi o‘yin vaqtida hakamlarning qarorini xato deb topib, bunga norozilik belgisi o‘yinni davom ettirmagan va ularning darvozasi 149 marta ishg‘ol etilgandi.
Mavzuga oid
20:27 / 24.04.2019
Paragvayda penaltini aniq amalga oshira olmagan futbolchi jamoadan haydaldi
16:30 / 07.03.2019
«Men penalti bermagan bo‘lardim, lekin...» – dunyo hakamlari «PSJ» - «MYu» o‘yinidagi penaltini muhokama qilishdi
15:15 / 27.02.2019
Yevropaning top-10 chempionatlarida bu mavsum eng kam gol o‘tkazib yuborayotgan darvozabonlar ma'lum qilindi
00:51 / 14.02.2019