Andijonda yangi g‘oya va ixtirolar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Andijon davlat tibbiyot institutida “Innovatsion loyihalar, texnologiyalar va g‘oyalar” X – Respublika yarmarkasining bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Yangi g‘oyamiz – semizlik va ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan kishilar uchun yaratilgan bo‘lib, avtomobillar xavfsizlik kamari uchun maxsus fiziologik qurilma, bu esa loyihamizga berilgan mualliflik patenti”, - deydi Andijon tibbiyot institutining talabasi Javohir Soliyev. Qarangki, uskuna oddiy avtomobildagi xavfsizlik kamariga moslangan ekan.
“Mashina minib ketaverasiz, qurilma past chastotali magnitoterapiya va vibroterapiya muolajasini bajarib, badandagi ortiqcha yog‘ to‘qimalarini parchalab boraveradi”, - deydi talaba.
Tibbbiyot oliygohining bir guruh xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan yana bir g‘oya - homila po‘stlog‘i barvaqt uzilganda homiladorlikni prognozlash usuli e'tiborni tortdi.
Andijon davlat tibbiyot institutidagi tadbirda ko‘plab ana shunday ixtirolar namoyish qilindi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Manzuraxon Yunusova yarmarkada ishtirok etgan barcha izlanuvchan soha egalariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024