Jamiyat | 13:13 / 22.02.2017
31557
2 daqiqa o‘qiladi

Kelin-kuyov bo‘ron tufayli dovonda qolib ketishdi

Qozog‘istonning Chimkentida bo‘lib o‘tgan to‘ydan so‘ng kelin-kuyov va ularning bir necha do‘sti Baydibek tumaniga qarab yo‘l olishdi. Biroq Shabiq-bel dovonida kuzatilgan kuchli bo‘ron tufayli ular o‘z uylariga yetib bora olishmadi. “Bellarigacha” qorga botgan yigit va qizlar yordam so‘rab qutqaruvchilarga murojaat qilishdi, deb xabar bermoqda BNews.kz muxbiri.

«21 fevral kuni 08:08da Favqulodda holatlar bo‘yicha Baydibek tumani bo‘limiga Chimkentdan Aqtasga yo‘l olgan besh yengil avtomobil haqida ma'lumot kelib tushdi, biroq ular Shibiq-bel dovonida qorga botib qolishgan. Qutqaruv ishlarini o‘tkazish uchun hodisa joyiga tezkorlik bilan Favqulodda holatlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Kanat Auyelbekov va uch nafar qutqaruvchi yo‘l oldi», - deya xabar berdi Janubiy Qozog‘iston viloyati Favqulodda holatlar bo‘yicha departamentining qutqaruv bo‘linmasi rahbari Pavel Vishenin.

«Trekol» yo‘ltanlamasida hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar dovonda besh avtomobil va olti kishi borligini, ulardan besh nafari, jumladan kelin-kuyov juda yengil to‘y liboslarini kiyib olganini aniqlashdi. Ular isitish punktiga olib ketildi.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, Baydibek tumanida 9-15 fevral kunlari 120 kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, “qor asirligi”dan 41 texnika “ozod qilindi”. 

Mavzuga oid