Turkiya Yevropa Ittifoqidan vizasiz tartib bo‘yicha qaror tezroq qabul qilinishini kutib qolmoqda
Turkiya Yevropa Ittifoqidan turk fuqarolariga Yevropa Ittifoqi davlatlariga vizasiz kirishni taqdim qilish bo‘yicha qarorni iloji boricha tezroq qabul qilishini kutib qoladi. Bu haqda Turkiya prezidentning rasmiy vakili Ibrohim Kalin ma'lum qildi.
Turkiya fuqarolariga qisqa muddatli safarlar uchun vizasiz tartibning kiritilishi YeI va Anqara o‘rtasida migratsiya oqimlarini cheklash bo‘yicha kelishuvning bandlaridan biri hisoblanadi. YeI davlatlari rahbarlari o‘tgan yil martida migratsiya inqirozini tartibga solish bo‘yicha rejani muvofiqlashtirgandilar, unga ko‘ra Gretsiyaga Turkiyadan keluvchi barcha noqonuniy muhojirlar ortlariga qaytarilishlari kerak. O‘shanda YeI Turkiyaga qochqinlarni qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 6 mlrd yevro berish majburiyatini olgandi.
Biroq YeI Turkiya fuqarolariga vizasiz kirish huquqini taqdim qilish haqidagi qarorni hanuzgacha qabul qilmadi. YeI viza tartibini erkinlashtirish uchun Turkiyadan mamlakatda amal qiluvchi qattiqqo‘l aksilterrorchilik qonunchiligini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Anqara bu talabni bajarishni rad etmoqda va YeIdan vizasiz tartib bo‘yicha majburiyatlarini bajarishini talab qilmoqda, yo‘qsa muhojirlar bo‘yicha kelishuvni bekor qilish bilan tahdid qilmoqda.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
22:39 / 04.11.2024
Xitoy Yevropa Ittifoqi bilan elektromobillar bo‘yicha «savdo urushiga» kirishdi
17:30 / 04.11.2024