AQShda o‘zini musulmonlarga nisbatan nojo‘ya tutgan yo‘lovchi samolyotdan tushirib yuborildi
United Airlines aviakompaniyasi xodimlari yo‘lovchilardan biri va uning ayol sherigini qolgan yo‘lovchilarni o‘zlarini xavf ostida sezishga majbur qilganlari uchun reysdan olishga qaror qildilar. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Voqea Chikagodagi O’Xara aeroportida Xyustonga ketayotgan samolyot bortida yuz bergan. Kompaniya ismini ma'lum qilmagan yo‘lovchi tokchaga o‘z qo‘l yukini joylashtirayotgan pokistonlik juftlikka tanbeh bera boshlagan. Misol uchun, u ulardan sumkalarida bomba bor-yo‘qligini so‘ragan.
Voqea guvohlaridan biri bo‘lgan ayol bu haqda styuardessaga ma'lum qilgan. Tajovuzkor erkak esa uning hind millatiga mansub yigitidan u qayerdan ekanligini so‘ray boshlagan. Shuningdek, u barcha xorijliklar va noqonuniy muhojirlar AQShni tark etishlari kerakligini aytgan.
Shundan keyin erkakdan samolyotni tark etishni so‘rashgan. Erkak samolyotdan tushib ketayotganda ham zaharxandalik bilan "uylaringizga yaxshi yetib oling va o‘sha yerda qoling" deb "tilak" bildirgan.
Aviakompaniya vakilining aytishicha, tushirib yuborilgan yo‘lovchi o‘sha kuniyoq kechki paytga shunday reysga joy bronlab qo‘ygan.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024