Fan-texnika | 09:20 / 24.02.2017
24017
2 daqiqa o‘qiladi

Yangilangan “g‘isht” Nokia’ning o‘ziga xos jihatlari oshkor bo‘ldi

Yangilangan Nokia 3310 - “g‘isht” mobil telefonining o‘ziga xos jihatlari ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina portali o‘z manbalariga asosan yozmoqda.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, qurilma biroz ingichkaroq va yengilroq bo‘ladi, sababi so‘nggi 20 yil davomida tegishli ehtiyot qismlari hajmi ancha kichraygan.

Bundan tashqari, yangilikda rangli ekran bo‘ladi. Biroq u yuqori kenglikka ega bo‘lmaydi hamda bu batareya quvvatini tejash imkonini beradi.

Shuningdek, korpus ranglari sonini oshirish ham rejalashtirilgan. An'anaviy kul rang, qora, ko‘k ranglardan tashqari, sotuvga qizil, yashil, sariq rangli qurilmalar chiqariladi. Panellarning o‘zgartirilishi haqida hech narsa ma'lum emas. 

Umuman olganda, yangi model dizayni 2000 yilgi nusxadan katta farq qilmaydi, Nokia 3310 tugmali klassik telefon bo‘lib qolaveradi.

Fevral o‘rtalarida Nokia savdo markasiga bo‘lgan huquqqa egalik qiluvchi Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasi Nokia 3310 mobil telefonining zamonaviy nusxasini taqdim etishi ma'lum bo‘lgandi. Qurilmaning o‘ziga xos jihatlari ochiqlanmagan, faqatgina taxminiy baho haqida ma'lumotlar keltirilgan – 59 yevro.

Ma'lumot uchun, Nokia 3310 2000 yilning oxirida taqdim etilgan. Shu paytga qadar bu modeldagi telefonlarning 126 million nusxasi sotilgan. Britaniya OAVlari esa 17 yil avval xarid qilingan Nokia 3310 hali ham ishlayotgani haqida ma'lumot berishgan.

Mavzuga oid