Turkiya bosh shtabi: Al-Bobning barcha kvartallari IShID jangarilaridan tozalandi
24 fevral holatiga ko‘ra, Al-Bob shahrining barcha kvartallari IShID jangarilaridan ozod etilgan. Bu haqda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi ma'lumotida keltirilgan.
Shaharda ayni vaqtda hududlarni minalardan tozalash ishlari olib borilmoqda.
«Frot qalqoni» amaliyoti doirasida Suriya shimolida IShIDdan 230ta aholi yashash punkti va 1925 kvadrat kilometr hududdagi maydon ozod qilingan.
«Frot qalqoni» nomi ostidagi aksilterror amaliyotni Suriyada mahalliy kuchlarni qo‘llab-quvvatlagan Turkiya Qurolli kuchlari armiyasi 24 avgust kuni boshlagandi. Turkiya tomoni bu amaliyotni o‘zining janubiy hududlarini IShID tahdididan xalos etish maqsadi bilan izohlagan.
Amaliyotdan maqsad etib Turkiya bilan chegara hududida terrorchilardan xoli hududni barpo qilish belgilangan.
Mavzuga oid
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
20:54 / 11.08.2024
AQSh Iroqdan koalitsiya kuchlarini olib chiqadi – OAV
10:22 / 26.07.2024
Germaniyada IShIDni moliyalashtirishda gumonlangan rossiyaliklar hibsga olindi
14:11 / 16.06.2024