Jahon | 17:10 / 25.02.2017
5724
1 daqiqa o‘qiladi
2003 yildan beri ilk bora Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Iroqqa keldi
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Iroq poytaxti Bag‘dod shahriga tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi iroqlik amaldorlarga asosan.
Iroq tashqi ishlar vazirligining o‘z nomini oshkor etmagan vakilining agentlikka xabar berishicha, Al-Jubayr shanba kuni iroqlik hamkasbi Ibrohim al-Jaafari bilan uchrashgan.
Boshqa bir iroqlik amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bu qirollik TIV rahbarining Iroqqa 2003 yildan beri ilk tashrifidir.
"Bu tashrif munosabatlarni tiklash hamda ularni avvalgiga qaraganda barqarorlashtirishga qaratilgan. Bu shunday darajadagi birinchi tashrif", - deya ma'lum qildi agentlik manbasi.
Mavzuga oid
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
14:30 / 01.10.2024
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Saudiya investitsiyalar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
08:10 / 01.10.2024
AQShning Iroqdagi harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi
19:43 / 29.09.2024