Jahon | 08:50 / 26.02.2017
10341
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda parlamentning muxolif fraksiyasi yetakchisi qo‘lga olindi

Qirg‘iziston parlamentidagi muxolif fraksiya bo‘lmish "Ota-Makon" (Vatan) yetakchisi O‘murbek Tekebayev 26 fevralga o‘tar kechasi Istanbuldan Bishkekka uchib kelganida, "Manas" aeroporti hududida qo‘lga olindi. Bu ma'lumotni "Ota Makon" kotibiyatidagilar "Interfaks"ga tasdiqlashgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, fraksiya yetakchisi Qirg‘iziston bosh prokuraturasi tomonidan "MegaCom" aloqa operatori bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida so‘roq qilish uchun 48 soat muddatga qo‘lga olingan.

Agentlik suhbatdoshi "Manas" aeroportida Tekebayev partiya a'zolari va jurnalistlar bilan uchrashgan. Hudud politsiya tomonidan o‘rab olingandi.

25 fevral kuni mamlakat Bosh prokuraturasi muxolifatchiga nisbatan "Korrupsiya" va "Firibgarlik" moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochgandi.

Mavzuga oid