Jahon | 15:59 / 27.02.2017
8933
2 daqiqa o‘qiladi

Mahmud Abbos AQSh elchixonasini ko‘chirishning salbiy oqibatlaridan ogohlantirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos AQShni Isroildagi elchixonasini Quddus shahriga ko‘chirishning salbiy oqibatlaridan ogohlantirdi. U shaharni bosib olingan hudud deb atadi. 

Aytish joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Amerikaning Tel-Avivdagi elchixonasini Quddus shahriga ko‘chirishga va'da bergan edi. Bu esa Oq uy ma'muriyatining Isroil okkupatsiyasini ma'qullashini anglatadi. Biroq, endilikda, uni bajarishga kafolat berilmayapti. 

"Biz har qanday tomonni bir tomonlama tashabbuslardan saqlanish, okkupatsiyaga turtki berishga undashdan tiyilishga chaqiramiz… Biz, shunindek, elchixonani Quddusga ko‘chirish oqibatlaridan ogohlantiramiz, chunki Quddus – bu bosib olingan shahardir", — degan Mahmud Abbos BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashi majlisida. 

"Biz uning qo‘shib olinganiga doir rezolyutsiyalarni tan olmaymiz. Biz Quddusning barcha yakkaxudolik dinlar uchun ochiq shahar bo‘lishini xohlaymiz", — deb qo‘shimcha qilgan Falastin rahbari. 

Isroil Iyerusalim (Quddus shahri)ni 1967 yilgi urushda bosib olingan sharqiy tumanlari va tarixiy markazlari bilan birga "yagona va bo‘linmas" poytaxti deb e'lon qilgan. Jahon hamjamiyati shaharning anneksiyasini tan olmaydi va shahar maqomini Yaqin Sharq mojarosining og‘riqli muammolaridan biri deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, bu masala shaharga da'vo qilayotgan Falastin tomoni bilan birgalikda hal etilishi kerak. Shu sababli, dunyo mamlakatlarining Isroildagi elchixonasi Tel-Aviv shahrida joylashgan. 

Mavzuga oid