Hindistonda Coca-Cola va Pepsi'ga boykot e'lon qilindi
Hindistonning Tamil-Nadu shtatida minglab do‘konlar 1 mart kunidan boshlab Coca-Cola va Pepsi ichimliklaridan voz kecha boshlashdi. Bu haqida BBC xabar berdi.
Boykot shtat savdo assotsiatsiyasining xorijiy gazli ichimliklardan voz kechib, ularning o‘rniga mahalliy savdo markalarini sotishga oid chorloviga bog‘liq.
Faollar xalqaro kompaniyalarni Hindistonning suv resurslarini ekspluatatsiyasida ayblashmoqda, bu payt esa fermerlar qurg‘oqchilikdan azob chekmoqda.
O‘tgan oyda shtatda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, unda birinchi marta boykotga chorlov yangradi. Norozilik aksiyasidan keyin shtatda Pepsi va Coca-Cola mahsulotlariga bo‘lgan talab kamaya boshladi.
Savdo assotsiatsiyalarida ma'lum qilishlaricha, aholining o‘zi xorijiy gazli ichimliklarni iste'mol qilishni istamayapti.
1 martdan savdo assotsiatsiyasiga kiruvchi mayda do‘konlar xorijda ishlab chiqarilgan ichimliklarni sotib olishni to‘xtatishgan. Indian Express gazetasining yozishicha esa, boykot amalda qo‘llana boshlanishidan oldin do‘konlarda bu ichimliklar katta chegirmalar bilan sotilgan.
Hozircha bir necha oy ilgari buyurtmani rasmiylashtiruvchi yirik savdo tarmoqlarining xorijiy ichimliklarni sotish yo sotmasligi noma'lum.
Mavzuga oid
23:02 / 03.10.2024
Hindiston Oliy sudi qashshoq oiladan chiqqan talabaning kollejga kirish orzusini ro‘yobga chiqardi
21:04 / 02.10.2024
Hindistonda o‘qituvchilar «maktab farovonligi» uchun o‘quvchini qurbon qilishdi
22:15 / 01.10.2024
Hindiston Venera sayyorasini tadqiq etish bo‘yicha birinchi missiyasini uchiradi
14:25 / 28.09.2024