Toshkent shahrining har bir tumanida necha kilometr yo‘l ta'mirlanishi ma'lum
O‘zbekistonda Toshkent shahri ko‘chalarining kapital va joriy ta'miri manzilli parametrlari tasdiqlandi. Bu ko‘chalarda 2017-2018 yillarda ta'mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Kun.uz’ga “O‘zavtoyo‘l” vakillari xabar berdi.
Toshkent shahridagi eng yomon yo‘llar bo‘lgan tumanlar uchligiga Uchtepa tumani (ikki yil davomida 40,8 km yo‘l qismi ta'mirlanadi), Mirobod tumani (35,8 km) va Sergeli tumani (31,3 km) kirdi.
Bu holatda eng kam muammo Bektemir (19,3 km) va Yakkasaroy tumanida (22,5) kuzatilgan.
Boshqa tumanlarga keladigan bo‘lsak, bu yerda ishlar taxminan teng. Yunusobod tumanida 29,1 km yo‘l, Olmazorda - 28,5 km, Yashnobodda – 28,4 km, Shayxontohurda – 27,4 km, Mirzo-Ulug‘bekda – 26,2 km va Chilonzor tumanida – 25,4 km. yo‘l ta'mirlanadi.
Toshkent shahrida ikki yil ichida hammasi bo‘lib qariyb 333 km avtoyo‘l ta'mirlanishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024
Toshkentda o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, o‘zganing 15 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
12:20 / 28.09.2024
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024