Jahon | 11:51 / 07.03.2017
7025
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Manbijda AQSh kuchlari nima uchun joylashtirilganini ma'lum qildi

AQSh Suriyaning Manbij tumani hududida o‘z qo‘shinlarini joylashtirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, IShIDdan boshqa guruhlarga hujum qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikdir, degan Pentagon rasmiy vakili Jyeff Devis.

"Biz xalqaro koalitsiya tarkibidagi Amerika kuchlarini Manbij hududiga joylashtirish bo‘yicha oshkora harakatlarni amalga oshirdik. Bu ushbu tumanda olib borilayotgan harbiy amaliyotlar doirasida IShIDdan boshqa har qanday guruhga hujum qilishga imkon bermaydi", — degan Devis. 

Mavzuga oid