Malayziya Shimoliy Koreya bilan diplomatik aloqalarni uzmaydi
Malayziya KXDR bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatish niyatida emas. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Najib Razzoq chorshanba kuni parlamentda ma'lum qildi.
"Biz Pxenyandagi elchixonani yopmaymiz va KXDR bilan munosabatlarni davom ettiramiz", - dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, "muzokaralar uchun yo‘lak kerak".
Bundan tashqari, hukumat rahbarining ta'kidlashicha, "BMTga ko‘rib chiqish uchun topshirishdan avval masalani (diplomatik mojaro haqidagi) qo‘shimcha ravishda o‘rganib chiqish lozim".
O‘tgan hafta Malayziya mamlakatdan KXDR elchisini chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi, shundan so‘ng Pxeyandagi Malayziya diplomatik missiyasi rahbariga nisbatan javob choralari ko‘rildi. Keyinroq KXDR Malayziya fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yubormasligini ma'lum qildi. Najib Razzoq esa seshanba kuni KXDRga nisbatan xuddi shunday cheklovlarni kiritdi.
Mavzuga oid
07:50 / 20.09.2024
Malayziya O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytiradi
11:20 / 19.09.2024
Shimoliy Koreya yana raketa sinovlarini o‘tkazdi
09:48 / 12.09.2024
Shimoliy Koreya yana ballistik raketalar uchirdi
14:33 / 10.09.2024