Samarqandda pul “isi”ni olgan o‘g‘ri ushlandi
Atrof g‘ira-shira bo‘lib, endi tun cho‘kayotgan mahal edi. Qayerdandir kelayotgan Hasanning yonidan ikki kishi sumka ko‘tarib o‘tdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
- Bu yerda qancha? – dedi biri.
- O‘n besh million so‘m.
Ular shu yo‘l chetida turgan “Kobalt” avtomashinasiga yaqinlashdi. Sumkalarning mashinaning orqa o‘rindig‘iga joylashtirishdi. Biri mashinaga o‘tirdi. Ikkinchisi xayrlashib ortga qaytdi. Pulning daragini eshitgan Hasanning xayoli buzildi. U zumda bu pullarni o‘g‘irlashni maqsad qildi. Shosha-pisha taksi to‘xtatdi.
- Mana shu “Kobalt”ning ortidan haydang, - dedi.
- Nega uning ortidan? – haydovchi hayron bo‘ldi.
- Qarzi bor edi, bermay yuribdi, uyiga borib so‘ramoqchiman.
Ular hech narsadan bexabar Dalerning ortidan kuzatib kelishaverdi. Shahardan chiqib, ko‘cha chetida to‘xtagan “Kobalt” haydovchisi do‘konga kirib ketdi.
Taksini to‘xtatgan Hasan unga “ketavering” deb imo qildi. O‘zi atrofni kuzatib, mashinaning orqa oynasiga kuch bilan urdi. Oyna singach, orqa o‘rindiqda turgan sumkani olib, voqea joyini tark etdi.
Birozdan keyin chiqqan Daler qarasa, mashinasining oynasi singan, pul esa yo‘q edi. Darhol ichki ishlar xodimlariga xabar qildi.
Hasan uyiga yetib kelib pullarni sanab, shirin xayollar surdi. Biroq uning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Ichki ishlar idorasi xodimlari uning barmoq izlaridan shaxsini aniqlab, darhol qo‘lga olishdi.
Sud avval ham ikki bor jazoga tortilgan Hasan Atayevning qilmishiga yarasha jazo tayinlab, hukm o‘qidi.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024