Yana bir jahon va Yevropa chempioni futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi
Ispaniyalik futbolchi, hozirda «Bavariya» klubi sharafini himoya qilayotgan Habi Alonso mavsum yakunida, 35 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qildi.
«Bu oddiy bo‘lmagan qaror, ammo men vaqti keldi deb o‘ylayapman. Men hozirda ham o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, lekin menimcha hozir futbolchilik faoliyatini yakunlash uchun eng to‘g‘ri vaqt. Men futbolchilik faoliyatimni yuqori nuqtada yakunlashni istar edim, «Bavariya» esa menga shunday imkoniyatni yaratib berdi», — deya futbolchining so‘zlarini keltirgan nemis klubi rasmiy sayti.
Ispaniya terma jamoasi safida Alonso jahon chempioni bo‘lgan va 2 marta Yevropa chempionatida zafar quchgan.
U faoliyati davomida «Bavariya»dan tashqari «Real Sosedad», «Eybar», «Liverpul» va «Real» kabi jamoalarda ham o‘ynagan va Ispaniya hamda Germaniya chempionligini, ikki marta YeChL g‘olibligini va UYeFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid
12:27 / 18.09.2024
«Real»da yangi yulduz porladi, «Bavariya» 9 ta gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
20:23 / 29.05.2024
Vensan Kompani – «Bavariya» bosh murabbiyi
17:58 / 25.05.2024
«Barselona» va «Bavariya»ning yangi murabbiylari ma’lum bo‘ldi
17:31 / 19.05.2024