Toshkent shahrida yettita fohishaxona aniqlandi
Toshkent shahrida shu yilning 3 martidan 8 martigacha shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan profilaktika tadbirlari davomida yettita fohishaxona va qo‘shmachilik jinoyatlari aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev matbuot brifingida ma'lum qildi.
Tadbirlar fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste'mol qilinishini oldini olish maqsadida tashkil etilgan. Fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi tartibida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 19 nafar, jamoat joylarida spirtli ichimlik iste'mol qilgan 367 nafar shaxslarga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
11:36 / 04.11.2024
Toshkent shahar IIBB xodimlariga 8 ta BYD va 15 ta Damas berildi
17:40 / 23.09.2024
O‘zgartirilgan hukm va sud zalidan ozodlik – yasama jinoyatda ayblangan ayol ochiqqa chiqdi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:08 / 12.09.2024