Fan-texnika | 17:20 / 09.03.2017
24381
7 daqiqa o‘qiladi

Jyeneva avtosalonidagi aql bovar qilmas mashinalar

Jyenevada 9 mart kuni har yilgi xalqaro avtosalon ochildi. Unda avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining yangi g‘oya va avtomobil modellari bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan «Avto Mail.Ru» vc.ru uchun avtosalondagi texnologiyalar haqida bir qator qiziq ma'lumotlarni taqdim etdi.

Airbus va Italdesign’dan Pop.Up avtomobil-droni

Bu loyiha – insoniyatning parvozlar haqidagi orzusi sabab ishlab chiqildi. Taxminlarga ko‘ra, ertami-kechmi barcha osmonda parvoz qila oladi. Shunda shaxsiy va jamoat transporti o‘rtasidagi farq ham yo‘qoladi. Pop.Up nomli loyiha aynan shu farazga asoslangan. Aviatsiya jihatlari Fransiyaning Airbus firmasi, avtomobil sohasi esa Italdesign tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.

G‘oya shundan iboratki, bu nafaqat uchar avtomobil, balki shahar transportining to‘laqonli modulli tizimidir. Karbonli yo‘lovchi kapsulasi uning markaziy elementi sanaladi, u vazifalarga qarab avtomatik dronga yoki “avtomobilli” negizga avtomatik tarzda ulanadi. Har ikki moduldagi kuch qurilmalari elektr dvigatellariga asoslangan bo‘lib, akkumulyatorlar turlicha.

Yo‘lovchiga Pop.Up’ni “shering” prinsipi asosida bronlash uchun smartfondan foydalanish kifoya, yo‘nalish va harakatlanish vositasi esa tizimning o‘zi tomonidan atrofdagi infratuzilma, yo‘llardagi holat va yuzerning shaxsiy jihatlarini e'tiborga olgan holda tuziladi. Albatta, bularning bari hozircha maket. U faqatgina g‘oya haqida tasavvur beradi, xolos.

Ma'lumotlarga ega Peugeot Instinct

Peugeot’dan haydovchisiz avtomobil g‘oyasi. Haydovchi ma'lum bir holatda Instincts’ni mustaqil ravishda boshqarishi mumkin: buning uchun salonda joystik (avtopilotga buyruqlar beruvchi) va pedallarga ega shturval bor. Shu bilan birga, avtopilotda harakatlanishning sport algoritmi ham mavjud.

Bu mashinada texnologiyaning avtomobil qismidagi yangiliklardan biri – bu «shuting breyk» turidagi kuzov va 300 ot kuchiga ega gibridli kuch qurilmasining quvvati. Zamonaviy elektronika tizimiga esa alohida e'tibor qaratgan ma'qul: Samsung ARTIK negizi avtomobilni aqlli uy tizimi, qo‘l soatlari, smartfon, fitnes-bilakuzuk va boshqa texnologiyalar bilan bog‘laydi.

Shuning uchun, avtomobil o‘z egasining jismoniy holati va talablarini bilgan holda unga harakatlanishda maksimal darajada qulaylik yaratib berishi (o‘rindiqni sozlash, musiqa tanlash, harakatlanish uslubini moslashtirish) yoki uy egasi kelguniga qadar uni tayyorlab qo‘yishi mumkin.

Ichida piyoz o‘stirish mumkin bo‘lgan Volkswagen

Volkswagen kompaniyasi yanada «gadjyetnusxali» transport vositasini taqdim etdi. Uning Sedric kontsept-kari an'anaviy avtomobil estetikasiga ega emas va shakliga ko‘ra «buxanka»ni (UAZ avtomobillari – tah.) eslatib yuboradi. Kuzovning shunday shakli ichki bo‘shliqdan samarali foydalanish imkonini beradi, sababi ichkarida rul va pedallarni joylashtirish shart emas – u to‘la o‘zini-o‘zini boshqaradi. Kapotdan voz kechish esa elektrli kuch qurilmasi yordamida amalga oshirilgan: ixcham elektrdvigatellar va batareya polda joylashgan.

Volkswagen kompaniyasi ushbu g‘oya bilan bir tugma orqali boshqarish prinsipini taklif qildi. Uni bosish orqali avtomobilni turargohdan chaqirish mumkin, keyinchalik esa barcha funksiyalar va yo‘nalishni ovoz orqali boshqarish imkoni bor. Mashinaning qiziq funksiyalaridan biri – displeyga aylanuvchi old oyna va o‘simliklarga suv quyish tizimiga ega kichik issiqxonadir. Sedris nomi self-driving car so‘zlaridan tarkib topgan.

O‘ta past kuchlanishga ega nanoFlowcell elektromobili

Elektr tortishdagi avtomobillarning ko‘pchiligi 400-800 Volt kuchlanishga ega kuch qurilmalari bilan jihozlanadi. Ushbu kompaniya tomonidan yaratilgan - Quant superkupesi va Quantino xechtbekida ham xuddi shunday jihat bor edi.

Lixtenshteyn firmasi bir necha yildan beri Jyeneva avtosaloniga shu ikki modelni olib keladi hamda o‘zining «suyuq elektrdagi» inqilobiy kuch qurilmasini yaxshilab boradi. Joriy yildagi asosiy yangiliklardan biri, elektrkarlarning ichki qismi atigi 48 voltlik kuchlanishga o‘tkazilganidadir, bundan ularning nomlaridagi 48 Volt qo‘shimchasi ham darak beradi.

Kompaniya mahsulotining ishlash prinsipi ikki turdagi elektrlitli tarkiblar maxsus membrana bilan bo‘linmadan o‘tadi, natijada kimyoviy reaksiya sababli elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Joriy yilda membrana tuzilmasini o‘zgartirish va tizimda bir necha bo‘linmalarni birlashtirish orqali tizimning yuqori quvvati saqlab qolindi (Quant kupesi uchun 760 ot kuchi), biroq shu bilan birga, uning bosimi keskin tushirildi. Bu xavfsizlik va bunday mashinalarga xizmat ko‘rsatishning osonligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Jamoa o‘z ishlanmalarini yaqin kelajakda taqdim etishga va'da bergan.

Hyundai

Yana bir noodatiy kuch qurilmasi Hyundai FE Fuel Cell Concept shoukarida bor – bu vodoroddan elektr quvvati ishlab chiqaruvchi yoqilg‘i elementlari. Texnologiya yangi emas – Hyundai seriyali ix35 Fuel Cell yo‘ltanlamasini ishlab chiqarmoqda. Biroq ushbu avtomobil reytingga umumiy jihatlar tufayli kiritildi.

Birinchidan, vodorodli modellar juda kam uchraydi, hamda bunday avtomobilning shahar ko‘chalarida harakatlanishi – katta hodisadir.

Ikkinchidan, kontsept-kar dizayni o‘ziga tortadi. Kuzov shakli “toza” liniyalardan iborat bo‘lib, ichki qismda tach-boshqaruv va juda katta diagonaldagi displeylarning o‘zaro uyg‘unlashuvini ko‘rish mumkin. Vodorodli kuch qurilmasi modernizatsiya qilindi, hamda keyingi avloddagi seriyali modelda paydo bo‘lishi mumkin.

Yo‘ltanlamasga bir marta yoqilg‘i quyilsa, u 800 kilometrgacha yuradi. Bu uni 20 foizga yengilroq va 10 foizga samaraliroq qilishgani sabab kuzatiladi. Bu mashina haqida yana ikkita fakt: yukxonadagi maxsus joyda elektrskuter joylashtirildi, FE esa future eco so‘zlaridan tarkib topgandir. 

Mavzuga oid