Fan-texnika | 09:27 / 10.03.2017
13148
2 daqiqa o‘qiladi

Artel’dan yangilik: Yevropa standarti bo‘yicha vitrinali sovutgichlar

Hozirgi kunda yozning jazirama issiq kunlarini salqin ichimliklarsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, hayotimizni sovutgichlarsiz ham tasavvur qilish qiyin. Vitrina sovutgichlari yaqinda paydo bo‘lganiga qaramay iste'mol bozorining ajralmas qismiga aylandi.

Vitrina sovutgichlari sizning biznes taraqqiyotingizda qanday ahamiyatga ega? Vitrina sovutgichlari o‘zining mukammal dizayni, ichining keng va ochiq ko‘rinishi tufayli mahsulotingizni yanada yorqin va jozibador ko‘rinishini ta'minlaydi. To‘g‘ri va chiroyli joylashtirilgan mahsulot – yaxshi savdo garovidir. Barchaga ma'lumki, Yevropa standarti dunyo miqyosida yuqori sifat belgisini bildiradi. O‘zbekistonda Artel kompaniyasi tomonidan Yevropaning yuqori sifatli Embraco kompressori bilan jihozlangan vitrina sovutgichlari ishlab chiqarilmoqda.

Artel kompaniyasi mijozlar uchun quyidagi yengilliklarni taqdim etadi:

  • 3 yil bepul kafolat (bepul ta'mirlash va ehtiyot qismlarini bepul almashtirish)
  • O‘zbekiston bo‘ylab 30dan ortiq servis markazlar
  • Kreditga xarid qilish imkoni

To‘g‘ri tanlangan biznes hamkor uzoq muddatli ish rivojini ta'minlashi hech kimga sir emas. Aynan shuning uchun bugungi kunda Hydrolife, Shaffof, Ice tea, Silver, Krone, Mehnat va Dolce kabi yirik kompaniyalar yuqori sifatli mahsulotlari va qulayligi uchun Artel bilan ishonchli hamkorlikni tanlashdi. Hozirgi paytda Coca-Cola kompaniyasi uchun vitrina sovutgichlarini sinovdan o‘tkazish boshlandi.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid