Kremlda Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi. Moskva Turkiya bilan hamkorlik tiklanganidan mamnun
Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Suriyadagi vaziyatni, xususan, ushbu mamlakatdagi harbiy amaliyotlar ikki davlatning muvofiqlikdagi harakatlari orqali olib borilishini muhokama qilishgan.
Putin Erdo‘g‘an bilan ko‘rishgach, Rossiya va Turkiya munosabatlari tiklanishi jarayoni yuqori suratda kechayotganini qayd etgan va Moskva tomoni bu holatdan mamnun ekanini bildirgan.
«Biz davlatlarimiz orasidagi aloqalar yetarli darajada tezkor suratlarda tiklanayotganidan xursandmiz», degan u.
Erdo‘g‘an esa Turkiya va Rossiya hamkorligi «Turk oqimi» gaz tarmog‘i va «Akkuyu» AES qurilishida ham faol ravishda davom etayotganini ta'kidlagan.
Shuningdek, Rossiya va Turkiya harbiy vazirliklar va maxsus xizmatlar sohasida ham samarali hamkorlik qilayotgani haqida so‘z borgan.
Putin shuningdek, ikki davlat ham dunyoda ro‘y berayotgan inqirozlarni hal etish yo‘nalishida ish olib borayotganini qayd etib o‘tgan.
Mavzuga oid
11:37 / 02.08.2024
Kreml: F-16 qiruvchilari yetkazib berilishi Ukrainaga yordam bermaydi
14:22 / 27.01.2024
Kreml Ukrainaning neytraliteti haqidagi talablardan voz kechganini rad etdi
13:11 / 27.01.2024
Kreml Germaniyani «qat’iy qarama-qarshilik» siyosatida aybladi
11:45 / 06.12.2023