Jahon | 07:36 / 10.03.2017
11415
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Isroil bosh vaziriga 500 yillik kitob sovg‘a qildi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Iosif Flaviyning 1526 yilda chop etilgan "Yahudo urushi" deb nomlangan kitobni sovg‘aga oldi. Bu haqda Netanyaxu matbuot xizmati ma'lum qildi.
Kitob Italiyada toskan tiliga (italyan tilining Toskana viloyati shevasi) tarjima qilingan holda chop etilgan.
"Bosh vazir kitobni Isroil milliy kutubxonasiga topshirishni buyurdi", deb ma'lum qilindi xabarda.
Ma'lum qilinishicha, Netanyaxu Rossiyaga qisqa ishchi safarini yakunlagan va Isroilga qaytgan.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
07:50 / 24.12.2024