BMT: Ayni vaqtda 1945 yildan keyingi eng yirik gumanitar inqiroz vujudga keldi
Janubiy Sudan, Yaman, Nigeriya va Somalida yuzaga kelgan og‘ir vaziyat dunyoda Ikkinchi jahon urushidan keyin kuzatilayotgan eng yirik insonparvarlik inqiroz deya ta'riflanmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyen ma'lum qilgan.
"Biz BMT tashkil topgandan beri ilk bora bunday achinarli holatning guvohi bo‘lmoqdamiz. Ayni vaqtda 4 ta davlatda 20 milliondan ortiq insonga mislsiz ocharchilik havf solmoqda. Jamoaviy va kelishilgan global sa'yi-harakatlarsiz, bu odamlar ochlikdan yoki buning natijasida turli kasalliklarga uchrab nobud bo‘lishadi", deb aytgan janob O'Brayyen.
O'Brayyen shu bilan birga, agar jahon hamjamiyati o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rmasa, ochlikdan o‘n millionlab odamlar qirilib ketishi hamda gumanitar fojia qochqinlarning yangi to‘lqinini vujudga keltirishi va buning oqibatida dunyoda barqarorsizlikning yangi ko‘plab o‘choqlari paydo bo‘lishiga e'tibor qaratgan.
Mavzuga oid
10:30
BMT: Rossiya ukrainalik asirlarni shafqatsiz qiynoqlarga duchor qilmoqda
15:47 / 30.09.2024
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
13:30 / 30.09.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi bilan uchrashdi
17:30 / 29.09.2024