NYT: Flinn AQShda Turkiya manfaatlarini ilgari surgan
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn turkiyalik diniy ulamo Fathulloh Gulen haqida ma'lumotlarni to‘plagan. Ma'lumki, Gulen 2016 yil 15 iyul kuni Turkiyada harbiy davlat to‘ntarishiga urinishni tashkil etishda gumon qilinadi, deb yozmoqda The New York Times.
8 mart kuni Associated Press agentligi Maykl Flinn rasmiy Anqara manfaatlarini ilgari suruvchi sifatida ishlaganini tan olgani haqida xabar qilgan edi.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, Flinn kamida 2016 yil avgust-noyabr oylarida Turkiya manfaatlarini ilgari surgan. O‘shanda Flinning konsalting firmasi AQSh adliya vazirligida Turkiya manfaatlarini himoya qiluvchi xorijiy tuzilma sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp, o‘z navbatida, o‘zining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Turkiya manfaatlarini himoya qilishini bilmagan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Bu haqda Oq uyning rasmiy vakili Shon Spayser bayonot bergan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024