Meyvezer Makgregorga qarshi jang uchun boksga qaytdi
Faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan amerikalik bokschi Floyd Meyvezer irlandiyalik UFC vakili Konor Makgregor bilan jang uchun boksga qaytgani haqida e'lon qildi.
"Men boksga faqatgina iyunda Konor bilan jang o‘tkazish uchun qaytaman. Bu safar men favorit bo‘laman. Ammo men boshqa pullar, UFC va boshqa mavzularda bahonalar eshitishni xohlamayman. Agarda u ushbu jangni xohlayotgan bo‘lsa, unda jang uchun shartnomaga imzo cheksin", – deya bokchi so‘zlariga iqtibos keltirgan FightHype.
Ma'lumot uchun, Meyvezer o‘zining so‘nggi jangini 2015 yilning sentabrida, hamyurtiga qarshi o‘tkazgan va g‘alaba qozongan. Irlandiyalik sportchi esa so‘nggi jangini 2016 yilning noyabrida amerikalik Eddi Alvaresga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.
Mavzuga oid
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi
09:20 / 21.11.2019
Floyd Meyvezer boksni shafqatsiz sport deb atadi va unga qaytishdan bosh tortdi
23:31 / 30.10.2019