Panasonic'dan haqiqiy yangilik
Prius yangilangan quyosh tomi o‘z xususiyatlariga ko‘ra, haqiqiy yangilik hisoblanadi. U hatto eng yuqori haroratlarda ham o‘zining eksplutatsion xususiyatlarini saqlab qoladi (odatda yuqori harorat bunday tizimlar samaradorligini pasaytiradi). Batareyaning mavjudligi akkumulyatorlarni zaryadlashga vaqt ketkazmay, haydovchiga kelajak avtosini boshqarishdan ko‘proq zavq olish imkonini beradi. Shu tariqa, gibrid Prius avvalgi versiyasidan 10 foizga samaraliroq natija ko‘rsatadigan bo‘ldi. Bu haqida New Atlas xabar berdi.
Quyosh batareyasi elementlari shisha qopqoqli maxsus polimerga joylashtirilgan.Konstruktsion qarorlar AQSh hududida krash-testdan o‘tmadi, shuning uchun avtomobil hozircha faqat Yevropada. Toyota konserni konstruktorlari mashinani Amerika bozoriga olib chiqish maqsadida muammo ustida faol ishlashmoqda.
Bugungi kunda yangilangan Prius narxi deyarli 1,5 ming dollarga oshdi.
Panasonic — akkumulyator batareyalari va gibrid avtolar uchun alternativ qarorlar bozoridagi eng yirik o‘yinchilardan biri.
Mavzuga oid
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
15:53 / 01.03.2024
Bir yilda 10 million avtomobil sotib rekord o‘rnatgan kompaniya – Toyota muzeyiga sayohat
21:25 / 25.02.2024