Shavkat Mirziyoyev siyosiy boshpana taqdim etish tartibini ishlab chiqishga farmon berdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tez orada siyosiy boshpana berishni boshlashga ko‘rsatma bergan. Bu uning 1 mart kungi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan.
Farmonga ko‘ra, prezident devonida yangi tashkil etilgan Siyosiy-huquqiy masalalar xizmatiga qator vazifalar yuklangan.
«O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonining Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati 2 oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 22-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi Siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin», deyilgan farmonda.
Ma'lumot uchun, Konstitutsiyaning 93-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari belgilangan bo‘lib, 22-bandga ko‘ra, u «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi».
Mavzuga oid
16:30 / 01.10.2024
Prezidentning pedagoglar bilan muloqoti - ustozlar yana qanday imkoniyatlarga ega bo‘ladi?
21:10 / 30.09.2024
Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
16:53 / 30.09.2024
«Yil o‘qituvchisi» tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga uch xonali uy beriladi - prezident
13:51 / 30.09.2024