Turkiya Niderlandiyaga ikkita norozilik notasi yubordi
Turkiya Niderlandiyaga o‘z vazirlarining ushbu mamlakat hududiga kiritilmagani bo‘yicha ikkita norozilik notasi yo‘lladi. Bu haqda Turkiya TIV ma'lumotiga asoslangan holda Anadolu axborot agentligi xabar bergan.
Yuborilgan notalardan birida Turkiya tovon talab qilish huquqini o‘zida saqlab qolishi qayd etilgan.
Turkiya TIV turkiyalik vazirlar va mamlakat fuqarolariga munosabatlarda yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlarini tekshirishga chaqirgan. Notada shu holatlar yuzasidan ma'muriy va jinoiy xarakterdagi choralar ko‘rilishi, yakunda Turkiya TIVni natijalardan boxabar etish so‘ralgan.
Shuningdek, Turkiya o‘z vazirlariga ko‘rsatilgan munosabatni qattiq qoralagan. Qayd etilishicha, Niderlandiya hukumati qarorlari diplomatik etiketdan hamda umum tomonidan qabul qilingan xalqaro normalardan yiroqdir.
«Turkiya Niderlandiyaning xat orqali rasman uzr so‘rashini kutmoqda», - deyilgan hujjatda.
Mavzuga oid
23:26 / 01.10.2024
Niderlandiya o‘z flotini to‘rtta suvosti kemasi bilan to‘ldiradi
18:35 / 01.10.2024
Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri NATO yangi bosh kotibi sifatida ish boshladi
12:10 / 20.09.2024
Germaniyadagi qator portlashlarda Niderlandiya narkomafiyasi gumon qilinmoqda
00:50 / 19.09.2024