O‘zbek ishbilarmonlari uchun yangi formatdagi elektron savdo eshiklari ochildi
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi (SSP) Xitoyning «Jumore E-Commerce Co.Ltd» kompaniyasi bilan o‘zaro Anglashuv memorandumini imzolagan. Mazkur hujjat o‘zbek ishbilarmonlariga ushbu kompaniya saytida o‘z tovarlari bilan savdo qilish imkonini beradi. Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston milliy pavilonini onlayn rejimida ishga tushirdi, unga mamlakatimiz haqidagi muntazam ravishda yangilanib boradigan foydali ma'lumotlar ham ilova qilindi. Bu haqida "Finance.uz"da ma'lum qilindi.
Loyihada SSP a'zolari hisoblangan kompaniyalar va ishlab chiqaruvchilar qatnashishlari mumkin. Palata ma'lumotlariga ko‘ra, bu elektron maydon quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: "Neft-kimyo", "Oziq-ovqat mahsulotlari", "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari", "Sanoat", "Mashinasozlik", "Po‘lat ishlab chiqarish", "Iste'molchi tovarlar", "Kimyo", "Metallar", "Ko‘mir", "Mineral resurslar".
SPPning yangi hamkori «B to B» formatida chegaralararo elektron savdo bilan shug‘ullanadi.
2016 yilning noyabrida Peru poytaxtida bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik (APEC) sammiti davomida «Jumore E-Sommerce Co.Ltd» kompaniyasi prezidenti Lu Xunsyan siyosiy va biznes doiralarni yangi E4B (Ecosystem for Business/Biznes uchun ekotizim) elektron kommersiya modeli bilan tanishtirgan edi. Janobu Lu Ye4V modeli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiruvchi, shuningdek savdo-sotiq formatini o‘zgartiruvchi innovatsion kuch bo‘lishini ta'kidlagan.
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan Anglashuv memorandumining imzolanishi o‘zbek ishbilarmonlari uchun ham yangi formatdagi elektron savdo eshiklarini ochadi.
Mavzuga oid
10:00 / 12.11.2024
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi teledastur ishga tushirildi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024