O‘zbekistonlik futbolchi qizlar BAAga qarshi ikki o‘yinda 13ta gol urdi
Dubay shahrida yig‘in o‘tkazayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari jamoasiga qarshi 2ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. O‘FF matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa 2018 yilgi Osiyo Kubogi musobaqasining saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoa 8 mart kuni BAAga qarshi ilk o‘yinda 8:1 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘yinda Mahliyo Sarikova hamda Lianna Norbekova raqib darvozasiga uchtadan to‘p kiritgan bo‘lsa, Lyudmila Karachik va Kamola Risqiyeva bittadan golga mualliflik qildi.
12 mart kungi bahs esa O‘zbekiston vakillarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Osiyo Kubogining final bosqichiga yo‘l olish uchun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreya, Hongkong, Hindiston hamda KXDR termalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi. Saralash bosqichi uchrashuvlari 3-11 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasini Sherali Boboqulov bosh murabbiy sifatida boshqaradi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Dubay, BAA
12 mart, yakshanba
BAA — O‘zbekiston 0:5
Gollar: Mahliyo Sarikova (0:1). Lianna Norbekova (0:2). Lyudmila Karachik (0:3). Dildora Nozimova (0:4). Mahfuza Turopova (0:5).
Mavzuga oid
13:50 / 13.09.2024
Dubaydan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys majburan bekor qilindi
19:31 / 07.09.2024
Dubayda dunyodagi ikkinchi eng baland osmono‘par bino qurilmoqda
11:47 / 29.08.2024
O‘zbekiston Dubaydagi yirik biznes vakillarini xususiylashtirish loyihalariga jalb qiladi
15:12 / 27.08.2024