«Chelsi» «Manchester Yunayted»ni yengdi va Angliya kubogi yarim finaliga chiqdi
«Chelsi» futbol klubi Angliya kubogining chorak finali doirasida o‘z maydonida «Manchester Yunayted» ustidan g‘alaba qozondi. Bellashuv 1:0 hisobida o‘z yakuniga yetgan. Uchrashuvdagi yagona gol N'Golo Kante tomonidan kiritildi.
Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, mehmonlar birinchi bo‘limda bitta kam bo‘lib qolishdi – maydondan Ander Errera ikkinchi sariq kartochka tufayli chetlashtirildi.
Shu tariqa, London klubi musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.
Chelsi – Manchester Yunayted 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 51 Kante.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 89), Villian (Fabregas, 81), Kante, Azar, Diyego Kosta (Batshuayi, 90).
Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Smolling, Roxo, Valensiya, Mxitaryan (Fellayni, 37), Errera, Yang (Lingard, 81), Pogba, Darmian, Reshford.
Ogohlantirish: Errera (20), Yang (79), Diyego Kosta (87).
Chetlashtirish: Errera (35).
Mavzuga oid
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024