Andijonda hokim o‘rinbosarlariga yangi rusumdagi 50ta Nexia berildi
Andijonda tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlariga ajratilgan xizmat avtomashinalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz’ning Andijondagi muxbiri xabar bermoqda.
Marosimda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Davlat boshqaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan hududiy boshqaruv organlari xodimlariga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, yaratilayotgan sharoitlar ularni yanada ma'suliyat bilan faoliyat yuritishlariga undashini ta'kidladi.
Shundan so‘ng viloyatdagi barcha shaharlar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari uchun ajratilgan yangi rusumdagi “Neksiya” avtomashinalari topshirildi.
Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024
Hududlarda tadbirkorlar quyosh panellarini o‘rnatishga majburlanmoqda. Vazirlik tomoshabinmi?
09:50 / 11.09.2024