Jahon | 17:53 / 15.03.2017
6871
2 daqiqa o‘qiladi

Berluskoni Italiya milliy valyutasini joriy qilishni taklif qildi

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni yagona Yevropa valyutasi xalqaro savdo uchun saqlanib qolinishi, Italiyada esa yevroning o‘rniga "yangi lira" muomalaga kiritilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqida "Il Giornale" nashrida xabar berildi. 

"Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlarini tinglab, menda yevrohududdan chiqmaslikka moyillik paydo bo‘ldi, bu bizga juda qimmatga tushishi mumkin. Yevro saqlanib qolishi kerak, eng avvalo, xalqaro savdo-sotiq uchun ham, umumiy oilaviy foydalanish uchun esa yangi lirani muomalaga kiritish lozim", - dedi Berluskoni intervyu chog‘ida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yevroning joriy qilinishi Italiya milliy qadriyatlarining deyarli yarmi yo‘qolishiga olib keldi va qashshoqlikni kuchaytirdi, natijada mamlakatdagi har to‘rtinchi italiyalik kambag‘alga aylandi. "Shu bois biz o‘z dasturimizda "kamroq soliq, kamroq davlat, kamroq Yevropa" shioriga amal qilamiz", - dedi "Olg‘a, Italiya!" muxolifat partiyasini boshqaruvchi siyosatchi. 

Mavzuga oid