YeTTB delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
15-17 mart kunlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) vakillari prezident Suma Chakrabarti rahbarligida O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqida YeTTBning matbuot xizmati xabar berdi.
YeTTB delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi davomida mamlakat rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi va o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladi.
Xususan, tomonlar O‘zbekiston iqtisodiyotining ishbilarmonlik va raqobatbardoshlikni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik, shuningdek sarmoya va texnologiyalarni jalb qilishga doir masalalarini muhokama qilishadi.
"O‘zbekiston Markaziy Osiyoning mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy taraqqiyot muvaffaqiyati uchun muhim mamlakat hisoblanadi", - dedi YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti. U O‘zbekiston rahbariyati bilan mamlakatda YeTTB faoliyatini kengaytirishga doir muzokaralarni sabrsizlik bilan kutayotganini ta'kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeTTB O‘zbekiston bilan mintaqaviy hamkorlik va integratsiya, konsultatsion xizmatlar va kichik hamda o‘rta biznes, shuningdek yashil energiya va energosamaradorlikni oshirishga doir loyihalarni moliyalashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikdan manfaatdor.
YeTTB O‘zbekistonda 1993 yildan buyon faoliyat yuritadi. YeTTB mamlakatga umumiy hisobda 894 million yevro sarmoya kiritgan. Bank loyihalarining O‘zbekistondagi portfeli 8 million yevroni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
12:06 / 18.11.2024
O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Oksfordda malaka oshirishi mumkin
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024