To‘xtash chizig‘i ko‘rinmaydigan chorrahalardagi kameralar ishiga oydinlik kiritildi
To‘xtash chiziqlari aniq ko‘rinmaydigan chorrahalardagi qoidabuzarliklar kamera orqali qayd etilayotgan bo‘lsada, hozircha, qoida buzgani aniqlangan transport vositalari egalariga nisbatan ma'muriy jarima solish chorasi qo‘llanilmaydi. Chorrahalarda Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tartibda chiziqlar chizilganidan so‘ng, kameralar qayd etgan qoidalar bo‘yicha jarima solish qarori qabul qilinadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmatidagi Kun.uz manbasi ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda ko‘plab chorrahalarda kameralar ishlamoqda. Ular qoidabuzarliklarni qayd etmoqda. Biroq, Yo‘l harakati qoidasiga muvofiq, chiziqlar mavjud bo‘lmagan chorrahalarda qoidabuzarlik qayd etilgan taqdirda ham jarima solinmaydi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tmoqchimiz, haydovchi Yo‘l harakati qoidalarining 41-bandiga muvofiq, chorrahada piyodalar o‘tish qismiga yetmasdan (bu kamida 5 metrlar) to‘xtashi kerak.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
20:43 / 14.11.2024