Nima uchun bir turdagi dori vositasi narxi barcha dorixonalarda bir xil emas?
Toshkent shahridagi matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining "Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta'minlash tibbiyot tizimida o‘tkazilayotgan islohotlarning bosh maqsadlaridan biridir" nomli matbuot anjumani o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi xodimlari, tegishli boshqarma rahbarlari, "Dori-darmon" aksiyadorlik kompaniyasi, "O‘zfarmsanoat" davlat aksiyadorlik konserni va Toshkent davlat farmatsevtika instituti vakillari bilan birga ommaviy axborot vositalari ham qatnashishdi va o‘zlarini qiziqtirgan bir qator savollar bilan murojaat qilishdi.
Xususan, respublika dorixonalaridagi narxlarning bir xil emasligi to‘g‘risida savol berildi. Mutasaddi xodimlarning javoblariga ko‘ra, "Dori-darmon" ijtimoiy dorixonalarda narxlar asossiz ko‘tarilmaydi. Shu o‘rinda respublikaga olib kiriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining 50 foizi aynan shu ijtimoiy tashkilot tomonidan olib kirilishi aytildi. Bu, tabiiyki, ularning ulgurji narxda xarid qilinishidan dalolat beradi.
Xususiy korxonalar esa chakana narxda keltirishi natijasida, bunday dorixonalardagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari bahosi qimmatroq bo‘lishi ta'kidlandi.
Shu o‘rinda aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta'minlash yo‘lida davlatning o‘zi 3,5 milliard zarar ko‘rgani qayd etildi.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024