O‘zbekistonda 300 dan ziyod dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar joriy etildi
16 mart kuni Toshkent shahridagi matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan "Aholini arzon va sifatli dori-darmon bilan ta'minlash tibbiyot tizimida o‘tkazilayotgan islohotlarning bosh maqsadlaridan biridir" mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Shuni tan olish kerakki, dorixona tarmoqlarida narx-navoning besabab oshib ketishi holatlari ko‘payib ketgan edi. Aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘lgan salbiy holatlarning oldi olinib, bundan buyon ularga yo‘l qo‘yilmasligi uchun qat'iy choralar ko‘rilmoqda, dorixonalarda hayotiy muhim dori vositalarini aniq belgilangan narxlarda sotilishi ta'minlanmoqda.
Hozirda chetdan olib kelinadigan hamda mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilardan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar, ulgurji savdo uchun 15 foiz, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalar qo‘llanilgan holda amalga oshirilmoqda.
Yana bir yangilik shundan iboratki, tibbiyotda keng qo‘llaniladigan 300 dan ziyod nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar joriy etildi. Bu narxlar davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni tizimli asosda nazorat qilish bo‘yicha tashkil etilgan Respublika komissiyasi tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun jahon narxlari kon'yunkturasini tahlil qilish asosida har chorakda o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Mavzuga oid
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024