Video: Tezyurar poyezd qor uyumlariga qarshi
15 mart kuni YouTube servisi foydalanuvchisi Kreyg Olestsevski Raynkliff (Nyu-York) bekatiga temir yo‘l ochilganidan so‘ng poyezdning ilk bora kelishi tasvirlangan videoni taqdim etdi. Uning ta'kidlashicha, poyezd odatdagidan tezroq harakatlangan va o‘z yo‘lidagi qor uyumlarini yo‘q qilib yuborgan hamda bekatdagi kishilarni qor tagida qoldirgan.
Ko‘plab yo‘lovchilar ularga ham qor yopirilishi mumkinligini ko‘rishgan, biroq hodisani xavfli masofadan turib suratga olishda davom etishgan. Guvohlardan biri NBC New York’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, agarda poyezd sekinroq harakatlanganda, ular qor uyumi tagida qolib ketishmagan bo‘lardi. Kanal poyezd tegishli bo‘lgan Amtrak kompaniyasiga murojaat qildi, biroq hech qanday javob olmadi.
Ma'lumot uchun, 14 mart kuni AQSh shimoli-sharqiga “Stella” nomli kuchli qor bo‘roni yopirildi. Qor iqlimshunoslar taxmin qilganidek u qadar kuchli bo‘lmadi, biroq bir necha shaharlarda baribir favqulodda holat e'lon qilindi, aviareyslar bekor qilindi hamda poyezdlar harakatiga o‘zgarishlar kiritildi.
Mavzuga oid
17:55
Grin karta mavsumi 2 oktyabrdan boshlanadi
15:47
“Yangi dunyo tartiboti odatda urushlardan keyin shakllanadi” - ekspertlar BMT islohoti haqida
12:10
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
22:37 / 28.09.2024