O‘zbek telekanallaridagi ma'naviyat masalasi Toshkent shahar militsiyasini tashvishga solmoqda
2017 yil 16 martda Toshkent shahar IIBBda Toshkent shahar prokuraturasi bilan ham hamkorlikda matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. Unda 2017 yil 10-16 mart kunlari soha xodimlari tomonidan shaharda jinoyatchilikka qarshi kurash, ularning oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatchilik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Brifingda prokuratura va IIBB boshlig‘i o‘rinbosarlari voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik soni ortayotgani tashvishli holatligi, ularning tarbiyasiga jamiyatdagi barcha barobar ekani, mas'uliyatni faqatgina profilaktika nozirlari yoki ta'lim muassasalariga yuklash maqsadga muvofiq emasligi alohida ta'kidlandi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Bahodir Qurbonov ham bu borada o‘z fikrlarini bildarar ekan, OAV xodimlarini voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikni kamaytirishga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirdi. General-mayor o‘z so‘zida O‘zbekistondagi ayrim telekanallarda namoyish etilayotgan filmlar umuman ma'naviyat-ma'rifat targ‘ibotidan yiroqligi, aksincha, ayrimlari yoshlarni jinoyatga yetaklayotganini tanqid qildi. Bahodir Qurbonov o‘z fikrining isboti sifatida yaqinda telekanallardan birida namoyish qilingan film haqida so‘z yuritdi. Uning aytishicha, filmning qaysidir qismida hali voyaga yetmagan, sevishgan yigit va qiz o‘zaro kelishgan holda, ota-onalariga maktub qoldirib, o‘zlariga qarshilik ko‘rsatayotganlari uchun qochib ketishga qaror qilishganini yozishadi va uylarini tark qilishadi.
Toshkent shahar bosh militsionerining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi ishlarni targ‘ib qilayotgan filmlarni telekanallarda ko‘rsatish kerak emas. Chunki, bunday kinokartinalar hali dunyo qarashi to‘la shakklanib ulgurmagan yoshlar ongiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, bu kabi filmlar o‘zbek urf-odatlariga ham umuman ziddir.
Shu o‘rinda, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i brifingda ishtirok etayotgan OAV xodimlariga murojaat qilib, shunday sayoz filmlar va ko‘rsatuvlar tayyorlayotgan telekanallarning kamchilik-nuqsonlarini ko‘rsatishda amaliy yordam berishni so‘radi.
Mavzuga oid
11:36 / 04.11.2024
Toshkent shahar IIBB xodimlariga 8 ta BYD va 15 ta Damas berildi
17:40 / 23.09.2024
O‘zgartirilgan hukm va sud zalidan ozodlik – yasama jinoyatda ayblangan ayol ochiqqa chiqdi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:08 / 12.09.2024