Farg‘onada maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga qo‘l ko‘tardi (Video)
Facebook'dagi "Maslahatim" guruhida o‘qituvchining o‘z o‘quvchilarini qo‘pollik bilan haqoratlab, qo‘l ko‘targani tasvirlagan video joylashtirildi.
Ma'lum bo‘lishicha, bu holat Farg‘onadagi 10-maktabning 3-sinfida sodir bo‘lgan. Hozirda bu o‘qituvchining ishdan bo‘shatilgani haqida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari xabar bermoqda.
Guruhning ko‘plab a'zolari bu holatni ko‘rib, o‘z fikrlarini qoldirishgan.
Jon Jackovich: "O‘qituvchi nima bo‘lishidan qat'iy nazar o‘zini tuta bilishi kerak. Bunaqa kuch ishlatish qaysi Ped. institutda o‘rgatilar ekan? Jismoniy kuch ishlatishni o‘zidayoq ishdan olib, jinoiy javobgarlikka, rahbariyatni esa ma'muriy javobgarlikka tortish kerak.
Odil Ro‘zaliyev: "Afsus. Bizning paytimizda ham o‘qituvchilar so‘kardi o‘quvchilarni, lekin bunaqa darajada bo‘lmasdi menimcha. Smartfonlar bo‘lmagan ekan u paytda, taqqoslash uchun".
Mavzuga oid
21:10
Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
13:51
Shavkat Mirziyoyev: O‘qituvchilar uchun ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib bormoqda
13:29
Ta’limda orqada qolganlar taraqqiyotda ham orqada qoladi - prezident ta’lim sohasiga e’tibor haqida
10:30 / 21.09.2024