Jamiyat | 12:41 / 18.03.2017
25816
1 daqiqa o‘qiladi

Video: tezlikni oshirganlik uchun kutilmagan jazo

Facebook tarmog‘ining Drivetribe guruhida o‘z-o‘zidan ishlovchi «yashirin politsiyachi» haqidagi video paydo bo‘ldi. Unda yo‘lning qatnov qismiga o‘rnatilgan va tezlik oshirilgani qayd etilsa, chuqurchaga aylanadigan qurilma xususida so‘z boradi. Bunda qoidani buzgan haydovchi avtomobilining podveskasidan zarbani qabul qiladi. 

Qurilma Actibump deb nomlangan bo‘lib, Shvetsiya shaharlaridan biriga o‘rnatilgan. «Avtomatik chuqurcha» radar yordamida ishga tushadi. Agar radar tezlik oshirilganini qayd etsa, «politsiyachi» 60 mm chuqurlikdagi sun'iy chuqurchani hosil qiladi.

Mavzuga oid