Amerikalik Facebook’dagi jonli efir vaqtida politsiyachilar tomondan otib tashlandi
AQShning Tennesi shtatida 36 yoshli qora tanli Rodni Jyeyms Xess onasinikida mehmonda bo‘lganda politsiyachilar tomondan otib tashlandi.
Voqea uning Facebook’dagi sahifasida jonli translyatsiya vaqtida yuz bergan. Politsiyachilar Xessning avtomobilini to‘xtatishganda, u politsiyachilardan "kattaroqlari kelishini" talab qila boshlagan. Shundan keyin u mashinasi bilan politsiyachilarni turtmoqchi bo‘lgan. Shunda politsiyachilar Xessga o‘q uzishgan. Erkak shifoxonaga vertolyotda olib ketilayotganda vafot etgan.
Keyinroq qurbonning rafiqasi turmush o‘rtog‘i ruhiy nosog‘lom ekanligini va politsiyachilar rahbariyatidan yordam so‘ramoqchi bo‘lganini, biroq o‘z fikrini tushuntira olmaganini aytgan.
Ushbu voqea yuzasidan tekshiruv boshlangan, deb xabar bergan New York Daily News nashri.
Mavzuga oid
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024
Meta kompaniyasi parollarni saqlashda xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun 91 mln yevro jarimaga tortildi
22:51 / 05.03.2024
Facebook va Instagram butun dunyo bo‘ylab vaqtincha ishlamay qoldi
21:32 / 01.02.2024